O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligini 32 yilligi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligini 32 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab qator tadbirlar tashkil etildi. Shu munosabat bilan 6-dekabr kuni shu sana munosabati bilan viloyat bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Ushbu muhim sana xalqimizning erkin va farovon jamiyat qurishga bo‘lgan intilishining ifodasidir. Konstitutsiyamiz – davlatimiz suverenitetining kafolati, inson huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi asosiy hujjat. Tadbir davomida yosh avlodga Konstitutsiyaning ahamiyati, qonun ustuvorligi va vatanparvarlik g‘oyasi haqida batafsil tushuntirildi. Tadbirda taniqli san’atkorlar va yosh ijodkorlar ishtirokidagi kontsert esa bayram ishtirkochilarga ko'tarinki ruh bag'shladi. Barchamizni birlashtiruvchi asosiy qadriyatlar – qonun ustuvorligi, adolat va tinchlik doimo abadiy bo‘lsin!