Haqida
Farg‘ona viloyat teatr va konsert saroyi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2014 yil 25 iyundagi “Farg‘ona viloyat Teatr-konsert saroyi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 170-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi PQ-2744-sonli Qaroriga asosan teatr-konsert saroyiga Islom Karimov nomi berilgan.
2014 yilning 6-dekabr kuni Teatr-konsert saroyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan. Teatr va konsert saroyi tomoshabinlar zali 925 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan. Teatr va konsert saroyi yozgi amfiteatri 643 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan.
Saroyda tomoshabinlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Isitish va sovutish tizimlari zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan bo‘lib, qishda issiq, yozda mo‘tadil iqlimni ushlab turadi.
“Xalqaro jazz festivali” doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining jazz ansambli xonandasi“Gina Chavez Band” ishtirokida konsert tashkil etildi. Konsertda Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Pamella Spradlen xonim ishtirok etdi.
Kechaning bosh qahramonlari – xalqaro jazz ustalari jonli ijrolari bilan tomoshabinlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Saksofon, kontrabas va pianino tovushlari, improvizatsiyalarning mukammal uyg'unligi jazzning barcha go'zalligini ochib berdi. Har bir ijro jarayoni, musiqachilarning bir-biriga bo'lgan uyg'unligi va sahnadagi energiya tomoshabinlarga yangi ilhom bag'ishladi.